watermark logo

Qoraqalpog'iston bo'yicha yana kim javob beradi?

8 Views
Adminstrator
Adminstrator
03/18/23

Qoraqalpog'istonda 2022-yilning 1-2 iyulida qonli voqealari yuzasidan Buxoroda bir oydan sal ochiq davom etgan sud ishi yakunlanib, bugun e'lon qilingan hukmda barcha ayblanuvchilar, ya'ni 39 qoraqalpoq aybdor deb topilgan. Ulardan 11 nafariga shartli jazo tayinlanib, sud zalida ozod etilgan. Sudni kuzatgan huquq himoyasi Gulnoz Mamarasulova bilan suhbat:

Nukusdagi g'alayonlarda, rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, 21 odam kishi o'lgan. Qoraqalpog'ston Respublikasining maqomi O'zbekiston konstitutsiyasida o'zgartirilishiga keskin norozilik bir necha ming fuqaro ishtirokidagi sayldan to'polon va zo'ravonlikka ayblangan edi.
31-yanvarda tugagan birinchi sudda o'tgan yilgi qon to'kilishlarda ayblangan 22 kishining hammasi aybdor deb qayd etilgan, olti nafari erkinlikni cheklash hukmi bilan qo'yib yuborilgan.

Shu kungacha jami 61 qoraqalpoq sudlanib, jazoga mahkum etildi, ammo ommaviy norozilikka turtki bergan tashabbuslar ortidagi odamlar javobgarlikka tortilmadi, degan shikoyat keng.

AQSh, BMT va xalqaro inson huquqlari tashkilotlari adolat ta'minlansin va o'tgan yilgi voqealarda qonunni buzgan mutasaddilar va xavfsizlik organlari xodimlari ham tergov qilinib, sud oldida qilmishi uchun javob bersin, deya undab kelmoqda. Hukumatga ko'ra, uch kishi hibsda, ammo sud qachon va qayerda bo'lishi hozircha noma'lum.

Show more

0 Comments Sort By

No comments found