Часто задаваемые вопросы

Youtube saytidan qanday import qilish mumkin?

MyTub.org saytidan ro'yxatdan o'ting.
Sayt pastgi sahifasida o'zingizga kerakli tilni tanlang.
Sayt yuqori burchakda video belgisiga bosgan holda yangi sahifa ochiladi.
Ushbu sahifada "Video URL" katakchaga youtube.com sayti yoki ilovasidan sizga qiziqarli va O'zRes qonunlariga zid bo'lmagan video havoladan nusxa olgan holda mytub saytiga qaytib katakchaga havolani kiritasiz.
Katakchadan pastroqda "videoni olish" tugmasiga bosing.
E'tibor qiling: Video nomi, Video tavsifi, Kategoriya va Teglar bo'sh bo'lmasligi kerak.
Yuborish tugmasiga bosgan holda siz yangi videoni saytga qo'shgan hisoblanasiz.
Video sayt adminlari tomonidan ko'rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
Har qanday videoni import qilishda ushbu videolar sizning kanalingizga tegishli hisoblanadi va har qanday qoida buzarliklar uchun o'zingiz javobgar hisoblanasiz.
Saytda qoida buzarliklar, taqiqlangan videolar xolatlari aniqlansa ushbu foydalanuvchi butunlay bloklanadi.

Maqolalar qanday yaratish mumkin?

Menyuda Maqolalarga o'tasiz va maqola yaratish tugmasiga bosasiz.
Ochilgan oynada:
Sarlavha - bu maqola nomini yozing. 8 ta so'zdan kam bo'lmasligi kerak.
Tavsif - bu maqola haqida qisqacha. 12 so'zdan kam bo'lamsligi kerak.
Maqola - bu maqolangiz haqida to'liq ma'lumot berasiz. 70 ta so'zdan kam bo'lmasligi kerak.
Teglar - bu maqolaga o'xshash nomlari. 5 ta so'zdan kam bo'lmasligi kerak.
Rasm - bu maqolangiz rasmini tanlaysiz.
Yuborish tugmasi bilan sayt adminiga maqolangizni yuborasiz va tekshiruvdan so'ng maqolangiz saytda e'lon qilinadi.